Kecha universitetda talabalar
o‘rtasida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual klublarining o‘yini
tashkil etildi. Talabalar o‘rtasida kechgan qiziqarli musobaqalarni
universitetning moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori Jamolxon
Azimbayev va universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori
Baxtiyor Ishanjanovlar kuzatib borishdi.
O‘yin yakunida jamolarning
to‘plagan ballari ham sarhisob qilindi. Unga ko‘ra,
1- o‘rin "Mumtoz" jamoasi
a’zolari g‘olib bo‘lishdi.
Shuningdek, yarim yillik
natijalarga ko‘ra,
2-o‘ringa "Sayyidaat-205"
jamoasi,
3- o‘ringa esa "Yangi
jamoa" a’zolari sazovor bo‘lishdi.
G‘olib jamoa universitet tomonidan 6
millionlik vaucher va diplomlar bilan taqdirlandi. O‘quv yilining 2 -yarmidan
"Zakovat" intellektual klubining keyingi bosqichlari boshlanadi.
Barcha talabalarni jamoalarga a’zo bo‘lishga va o‘zlarining bilim va
iqtidorlarini oshirishga chorlaymiz.
Universitet "Zakovat"
intellektual klubining telegramdagi: https://t.me/+HcoAqE6LErU2YmMy manziliga
a’zo bo‘lishingiz mumkin.
Ma’lumki, “Zakovat” intellektual
o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa
intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022 yil 20 yanvardagi qarori e’lon
(https://lex.uz/docs/5834314)qilingan.
"Iqtidorli yoshlarning
mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng
jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining
intellektual salohiyatini yuksaltirish" qarorning bosh maqsadi sifatida
bayon qilingan.
Qarorda "Intellektual
olimpiada ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’i nazar,
respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida
o‘tkaziladi", deya