Bog'lanish

Universitet haqida

Universitet haqida

Yangi asr universiteti nodavlat oliy taʼlim muassasasidir.

Universitet - yangi Oʼzbekiston yoshlari uchun ayniqsa, talaba boʼlish orzusida boʼlgan hamyurtlarimiz uchun yangi oliy taʼlim muassasasidir. Bu yerda kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda taʼlim olib boriladi.
Pedagogika va psixologiya, Maktabgacha taʼlim, Boshlangʼich taʼlim, Dizayn (turlari boʼyicha), Tarix (mamlakatlar va yoʼnalishlar boʼyicha) va Filologiya va tillarni oʼqitish (tillar boʼyicha) kabi taʼlim yoʼnalishlari oʼqitiladi.
 
Universitet Vazirlar mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan OT 0051 sonli litsenziyasiga ega boʼlib, boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari diplomi bilan huquqiy teng kuchga ega. Universitet diplomi butun Oʼzbekiston boʼylab tan olinadi. Bitiruvchilarimiz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashi mumkin.
 
Bu xususiy universitetning oʼziga xosligi shundaki, bitiruvchilar birinchi navbatda 20ga yaqin GRAND TALIM maskani filiallarida oʼqituvchi, bogʼcha va maktabga tayyorlov kurslarida muallima, xususiy GRAND TALIM maktabida boshlangʼich sinf oʼqituvchilari sifatida ishga 
qabul qilinadilar. Soʼnggi yillarda boʼlgan ulkan oʼzgarishlar xususiy taʼlim tashkilotlarini uzluksiz sifatli taʼlim xizmatlarini xalqimizga taqdim qilish imkonini bermoqda.