Bog'lanish

Talabalar uchun akademik ma'lumotlar

Talabalar uchun akademik ma'lumotlar

1.                   Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun akademik ma’lumotnoma (transkript) olish.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlatxizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OnelD) orqali kirishingiz kerak.

2. KIMLARGA AKADEMIK TA’TIL BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 3.06.2021 yildagi 344-son qarori bilan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 Prezidentning 3.02.2021 yildagi «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-6155-son Farmoniga muvofiq akademik ta’til berishning quyidagi tartibi belgilandi:

·  akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;

·  oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi;

·  talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;

·  akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi.

 Nizomga muvofiq OTM talabalariga quyidagi holatlarda akademik ta’til taqdim etiladi:

·  harbiy xizmatni o‘tash uchun;

·  salomatligini tiklash uchun;

·  homiladorlik va tug‘ish uchun;

·  bolalarni parvarish uchun;

·  oilaning betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

Oliy ta’lim muassasasi talabalari akademik ta’til olishda turli xil muammolarga duch kelayotgan edi. Talabalarga yengillik yaratish maqsadida hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

- harbiy xizmatni o‘tash uchun;

- salomatligini tiklash uchun;

- homiladorlik va tug‘ish uchun;

- bolalarni parvarish qilish uchun;

- oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

- Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra, OTM rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

- Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

- Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

- Akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari o‘zlashtirilgan fanlarni qayta o‘zlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

 

 3. O‘qishni ko‘chirish o‘rniga akademik mobillik. Bu qanday bo‘ladi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov o‘qishni ko‘chirish uchun ruxsat beriladigan toifalar qisqarishini, o‘qish joyini ko‘chirish faqatgina 2 ta holatda: turmush qurganda va davlat xizmatchilarining xizmat joyi o‘zgarganda mumkin bo‘lishini ma’lum qildi.

“Buning o‘rniga akademik mobillikni qo‘llash mumkin. Masalan, rektorlar o‘zaro kelishib, Surxondaryodagi va Toshkentdagi talabalar almashib, 1-2 semestr o‘qiydi. Lekin diplom bir joydan olinishi kerak”, dedi vazir.

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, viloyat OTMida o‘qiyotgan talaba o‘qishini ko‘chirmasa ham, kelishuv asosida poytaxtdagi universitetda ma’lum muddat o‘qib qaytishi mumkin bo‘ladi. Bu borada batafsilroq ma’lumot olish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landik. Biroq vazirlik hozir bu tartibga oid tegishli hujjatlar ishlab chiqilayotgani, tasdiqlangach, ma’lumotlar e’lon qilinishi bildirdi.

Ungacha o‘zaro talaba almashuv imkonini beradigan akademik mobillik haqida ochiq manbalarda mavjud ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o‘qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma’lum muddat o‘qish yoki dars berishini anglatadi.

Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

·  erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o‘z xohish va tashabbuslari bilan ta’lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

·  dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o‘zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o‘zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo‘lishi mumkin. Masalan, Erasmus dasturi talaba almashinuvi imkonini beradigan mashhur dasturlardan biri.

Ta’lim migratsiyasi

Aslida, ta’lim olish uchun bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chib o‘tish juda uzoq tarixga ega jarayon hisoblanadi. Odamlar qishloqdan shaharga, shahardan poytaxtga, poytaxtdan ta’limi va iqtisodi rivojlangan davlatlarga ilm olish uchun migratsiya qilishadi.

O‘qish uchun boshqa davlatlarga borayotgan talabalar soni ham yildan yilga oshib bormoqda. 2017 yilda dunyo bo‘yicha xalqaro talaba soni 5,7 millionga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2000 yilda 2 mln atrofida bo‘lgan.

2021 yilda eng ko‘p xorijlik talabani jalb qilgan davlatlar:

·  AQSh – 1 mlndan oshiq xorijlik talaba;

·  Buyuk Britaniya – 496,5 ming talaba;

·  Xitoy – 492 ming talaba;

·  Kanada – 435 ming talaba.

Yaqinda e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda 5,1 ming xorijlik talaba tahsil oladi.

Qisqacha xulosa shuki, talabalar ta’lim yaxshi bo‘lgan davlatlarga o‘qish uchun borishga harakat qilishadi. Aslida, o‘qishni ko‘chirish ham xuddi shunday mazmundagi narsa: talaba o‘zi o‘qishga kirgan OTM berayotgan ta’limdan qoniqmasdan yaxshiroq universitetda o‘qish uchun (asosan, hududlardagi OTMdan poytaxtga) harakat qiladi.

Talabalar almashinuv dasturlari

Talabalar ma’lum muddat boshqa bir OTMda o‘qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi. Bunda talaba o‘zi o‘qiyotgan OTM bilan hamkor bo‘lgan xorij OTMlaridan birida ma’lum muddat o‘qib qaytishi mumkin. Bunday OTM xoh xorijda, xoh o‘z davlatida bo‘lsin talabaga yangi muhitda o‘qish imkonini beradi.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo‘lishi mumkin.

Eng mashhur talabalar almashinuv dasturlaridan biri – Erasmus loyihasi orqali dasturga a’zo bo‘lgan Yevropa universitetlaridan birida 3 oydan bir yilgacha o‘qish imkonini qo‘lga kiritish mumkin. Bu dasturga bakalavr, magistratura va amaliyot uchun hujjat topshirish mumkin.

Bunday dasturlarni ta’lim olayotgan sohaga qarab istalgancha topish mumkin: dunyo talabalar almashinuvi dasturlaridan faol foydalanmoqda. Faqat talabalar dastur doirasida o‘qish uchun belgilangan talablarni bajara olishlari kerak.

Foydali tomonlari

Almashinuv dasturlari orqali talabalar o‘zga davlatlar madaniyati, turmush tarzi bilan tanishishi, til bilish darajasini yaxshilashi mumkin. Dunyoqarashni kengaytirish imkoni ham paydo bo‘ladi. Masalan, qaysidir viloyatdan Toshkentga kelib 2 semestr o‘qigan talaba o‘z ustida ko‘proq ishlashni boshlashi, yangiliklarga chanqoqligi oshishi mumkin.

Yangi atmosferani ko‘rgan talabalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va o‘z-o‘zini mustaqil boshqarish qobiliyatlari ham oshadi.

Qolaversa, talabalar almashinuv dasturlari orqali ichki migratsiya amalga oshsa, hududlarda ham xizmat ko‘rsatish qamrovi oshishi mumkin. Albatta, buning uchun faqat hududlardan poytaxtga emas, balki poytaxtdan hududlarga, bir viloyatdan boshqa biriga borib o‘qishni xohlovchi talabalar soni ham oshishi lozim.

Cheklovchi omillar

Talabalar imkoniyatlari moliyaviy muammolar, o‘zi o‘qishni xohlagan OTM bilan o‘quv soatlarida to‘la muvofiqlik bo‘lmasligi sababli cheklanishi mumkin. Agar chet dasturi bo‘lsa, til bilmaslik ham almashinuv dasturlarida ishtirok eta olmaslikka sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, almashinuv dasturlari darsdan tashqari ishlaydigan va o‘zini moddiy jihatdan o‘zi ta’minlaydigan talabalarga ham qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Sababi 6 oylik o‘qish talabani ish joyidan ajratib qo‘yishi mumkin.

O‘zbekistonda akademik mobillik qanday bo‘ladi?

Akademik mobillik tajribasi bor-yo‘qligi haqida respublikadagi ba’zi OTMlar saytlarini ko‘zdan kechirish asnosida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat yuridik universiteti saytida ayni shu yo‘nalishda ma’lumotlar berib borilayotganiga, O‘zbekiston milliy universiteti saytida esa xalqaro hamkor tashkilotlar ro‘yxati keltirilganiga guvoh bo‘ldik. Lekin bu OTMlarning almashinuv dasturlari, asosan, xorijiy OTMlar bilan birgalikda. Mahalliy OTMlarning qanchasida o‘zaro talaba almashinuv dasturlari bor-yo‘qligi qiziq.

Aslida, OTMlar saytlarini rivojlantirish va ular orqali OTMning imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot berish bilan talabalarni jalb qilish imkoniyatlari ham oshishi mumkin. Bu haqda QS reyting agentligi rasmiysi Sergey Xristolyubov ham aytib o‘tib, o‘zbek OTMlarida ayni shu jihatdan oqsash borligini tanqid qilgandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi akademik mobillikka oid tegishli tartib-qoidalarni ishlab chiqqach, akademik mobillik dasturlari orqali talabalarda qanday imkoniyatlar bo‘lishi to‘la aniq bo‘ladi.

Hozircha esa bizda faqat bir nechta savol bor:

— Almashinuv dasturlarida qatnashishni xohlaydigan talabalar soni hisoblanganmi? Ular o‘qishni ko‘chirish uchun da’vogar bo‘lishi kutilayotgan 150 ming talabgorning qancha foizini tashkil qilishi mumkin?

— Respublika OTMlarida o‘zaro talaba almashinuvi dasturlari amalga oshira boshlansa, poytaxtdagi talabalar ham viloyatlardagi OTMlarga borib o‘qishni xohlashadimi?

— Talabalar boshqa OTMga o‘qish uchun borishganda ular vaqtincha yotoqxona bilan ta’minlanadimi?

Talabaning akademik ta’til olish to‘g‘risidagi murojaati bir hafta muddatda ko‘rib chiqiladi va OTM rektorining (direktorining) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Talabaning arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoxud eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

 

Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Podrobnee: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/kimlarga_akademik_tatil_beriladi

 

3.        Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash tartibi haqida

HUQUQIY ASOS

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan belgilanadi.

QAChON?

Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, odatda, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.

KIM TOMONIDAN?

Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash agarda bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha bo‘lsa, unda OTM rektori tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:

1) oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

2) oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish va qayta tiklash.

Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:

1) xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;

2) bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)ga.

ARIZA KIMGA TOPShIRILADI?

Talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash haqidagi arizalari mos ravishda quyidagilarga topshiriladi:

Oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga:

1) o‘sha OTM doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha ko‘chirish va tiklash yuzasidan;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan hududiy ishchi guruhlarga:

1) bir OTMdan boshqa OTMga;

2) xorijiy davlatlarning OTMlaridan (yurtimizdagi filiallaridan ham) O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga;

3) o‘sha OTMning turdosh bo‘lmagan boshqa yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)ga.

QANChA?

 Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.

QAYSI KURSDA?

 Talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash birinchi kursdan boshqa barcha kurs talabalariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Birinchi kursga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash man etiladi (istisno tariqasida, talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilishi mumkin).

O‘QIShNI QAYTA TIKLASh HAQIDA

Quyidagi hollarda talabalikka qayta tiklashni so‘rab murojaat qilgan shaxsga rad javobi berilishi mumkin:

1) oliy ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar soni doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganligi;

2) shaxsning akademik qarzdorligi hamda tegishli mutaxassislik bo‘yicha zarur bilimlarni o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qilish darajasidagi o‘quv rejalari va dasturlarida farq mavjud bo‘lganligi.

Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan yetimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik ta’tildan qaytgan shaxslar istisno tariqasida, o‘qishga davlat grantlari o‘rinlariga qayta tiklanishi mumkin.

O‘qishdan chetlashtirilgan o‘quv yilida talabani o‘qishga qayta tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Talabani boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qayta tiklashda uning ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi roziligi talab etilmaydi.

TALABALAR O‘QIShINI KO‘ChIRISh

 O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisligi) bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar arizasiga ko‘ra muayyan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)da oliy ta’lim muassasalariga tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.

Davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini o‘z ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Talabalarning o‘qishini shartli ravishda ko‘chirish taqiqlanadi.

 

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 18 iyundagi

118-son qaroriga

3-ILOVA

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR

 

1. Mazkur Nizom «Ta’lim to‘g‘risida«, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida«gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.

 2. Ushbu Nizomning amal qilishi harbiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 3. Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, odatda, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.

 4. Talabalar safidan chetlashtirish mazkur Nizomda belgilangan hollarda oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

 5. Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash quyidagilarning:

oliy ta’lim muassasalari;

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar;

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo komissiya deb yuritiladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi. Uning tarkibiga tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari kiritiladi.

Idoralararo komissiyaning raisi va mas’ul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi.

 6. Oliy ta’lim muassasasi rektorining qarori asosida talabalar o‘qishini shu oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha ko‘chirish va tiklash amalga oshiriladi.

 

7. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:

oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish va qayta tiklash.

 8. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;

bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)ga.

 9. Oliy ta’limning turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

 10. Talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash haqidagi arizalari mos ravishda:

ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan — oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.

Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib:

ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tasarrufida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarga;

ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari hamda hududiy ishchi guruhlar talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash haqida kelib tushgan arizalar to‘g‘risida belgilangan shaklda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga umumlashtirilgan ma’lumot topshiradilar.

 11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Idoralararo komissiyaga qaror qabul qilish uchun yo‘llaydi.

 12. O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash taqiqlanadi.

 13. Birinchi kursga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash man etiladi (istisno tariqasida, talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilishi mumkin).

 14. O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisligi) bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar arizasiga ko‘ra muayyan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)da oliy ta’lim muassasalariga tegishli o‘quv yilidagiqabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.

 15. Boshqhollarda o‘qishni ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 16. O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash haqidagi arizaga talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari ilova etiladi.

 17. Talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy ta’lim muassasasi rektori belgilangan tartibda o‘quv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), o‘qitish kursi hamda o‘qishga qabul qilishning boshqa shartlarini belgilaydi.

 18. Talabalarning o‘qishini shartli ravishda ko‘chirish yoki qayta tiklash taqiqlanadi.

 19. Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.

 20. To‘lov-kontrakt asosida talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda to‘lov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, to‘lov mablag‘lari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 20-1. Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab o‘qishning bir o‘quv yiligacha bo‘lgan muddatni xorijiy oliy ta’lim muassasasining yurisprudensiya yo‘nalishida o‘qish huquqiga ega. Talabaning xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qigan davri va o‘zlashtirgan fanlari xorijiy oliy ta’lim muassasasi ma’lumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet o‘quv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini o‘zlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga o‘qishini tegishli o‘quv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin.

 

II. TALABALAR O‘QIShINI KO‘ChIRISh

 21. Davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini o‘z ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 22. O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash haqidagi ariza bir oy muddat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

Ariza ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rektori tegishli qarorqabul qiladi;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi.

Tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishi ko‘chirilayotgan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘majildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.

So‘rovnoma olingandan so‘ng, talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrug‘i asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yig‘majildi (ro‘yxati bilan) uni o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi.

Oliy ta’lim muassasasida talabaning akademik ma’lumotnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv kartochkasi, shuningdek jo‘natilayotgan hujjatlar ro‘yxatining nusxasi qoldiriladi.

Oliy ta’lim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘majildi olinib, akademik farqlar bartaraf etilgandan so‘ng 10 kun muddatda chiqariladi.

Shaxsiy yig‘majild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash), talabani o‘qishga qabul qilish, oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik ma’lumotnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

 23. Oliy ta’lim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.

 

III. O‘QIShNI QAYTA TIKLASh

 24. O‘qishga qayta tiklash haqidagi ariza bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.

 25. Quyidagi hollarda talabalikka qayta tiklashni so‘rab murojaat qilgan shaxsga rad javobi berilishi mumkin:

oliy ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar soni doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganligi;

shaxsning akademik qarzdorligi hamda tegishli mutaxassislik bo‘yicha zarur bilimlarni o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qilish darajasidagi o‘quv rejalari va dasturlarida farq mavjud bo‘lganligi (mazkur Nizomning 17-bandi).

 26. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida mazkur Nizom talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan yetimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik ta’tildan qaytgan shaxslar istisno tariqasida, o‘qishga davlat grantlari o‘rinlariga qayta tiklanishi mumkin.

 27. O‘qishdan chetlashtirilgan o‘quv yilida talabani o‘qishga qayta tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

 28. Talabani boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qayta tiklashda uning ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi roziligi talab etilmaydi.

 29. O‘qishdan chetlatilgandan keyin 5 yildan ortiq muddat (harbiy xizmatda bo‘lganlik, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarish qilish bilan bog‘liq mehnat ta’tili hamda sog‘liqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) o‘tgan hollarda talabalar o‘qishini qayta tiklash Idoralararo komissiyaning ruxsati bilan amalga oshiriladi.

 

IV. TALABALAR SAFIDAN ChETLAShTIRISh

 30. Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a) o‘z xohishiga binoan;

b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

g) akademik o‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;

d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;

ye) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

j) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);

z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

i) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalari talabalariga nisbatan mazkur bandning «g» kichik bandi tatbiq etilmaydi. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida akademik o‘zlashtira olmagan (qarzdor) talabalar o‘zlashtira olmagan fanlarni takroran o‘qitish uchun tegishli kursda qoldiriladi.

31. Oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olganholda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Nizomning 30-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotganholda, ta’lim muassasasining «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.

 32. Talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘majildga tikib qo‘yiladi.

 

V. YaKUNLOVChI QOIDALAR

 

33. Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayonida hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan hujjatlar aniqlangan hollarda oliy ta’lim muassasasi rektori mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.

 34. Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirgan yoki qayta tiklagan talabalarning shaxsiy yig‘majildiga tegishli buyruqdan ko‘chirma, ariza va akademik ma’lumotnoma tikib qo‘yiladi.

 35. Oliy ta’lim muassasalari har yili Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga zarur miqdordagi akademik ma’lumotnoma blankalariga buyurtmalar beradilar.

Akademik ma’lumotnoma blanklarining qat’iy hisobi yuritiladi.

Akademik ma’lumotnoma blankalarining oliy ta’lim muassasalarida saqlanishi, ro‘yxatga olinishi va berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

36. Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ularningqonuniyligi uchun javobgarlik oliy ta’lim muassasalariga yuklanadi.

Zarurat bo‘lganda rektor hujjatlarni yuborgan oliy ta’lim muassasalaridan rasmiy xat bilan ma’lumotlar to‘g‘riligini tasdiqlashni so‘rashi mumkin.

 37. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklashiga asos bo‘lgan barcha hujjatlar vakolat doirasi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida 3 yil davomida saqlanishi lozim.

 38. Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarorlardan norozi bo‘lganlar belgilangan tartibda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

 39. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

 «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», 2010 yil, 24-25-son, 195-modda.

 

 


 

Talabalar o‘zlariga kerekli ma’lumotnomalarni XEMES University tizim orqali olishlari mumkin.

 

Hemis — asosiy qadriyat rektorat emas, balki talabadir!

Hemis platformasi haqida ma’lumot, rasm, video hamda mutaxasislar fikri bilan tanishing

Hemis — O‘zbekiston ta’lim sohasidagi yangiliklardan biri bo‘lib, jahon standartlariga mos keluvchi hamda kadrlar tayyorlashda yangi metodlarning qo‘llanishiga yordam beruvchi platformadir.

Mundarija:

1Hemis nima?

2Hemisning qulayliklari qanday?

3Universitet va uning tashkiliy masalalari

4Hemis ilovasida qanday qulayliklar mavjud?

5Hemis qaysi tashkilotlar bilan integratsiya qilingan?

Hemis nima?

Hemis — ta’lim jarayonini onlayn tarzda boshqarish imkonini beruvchi axborot tizimidir. Hemis tizimi «Ma’muriy boshqaruv», «O‘quv jarayoni», «Ilmiy faoliyat» va «Moliyaviy boshqaruv» kabi modullarni o‘z ichiga olgan. Hozirgi kunda Hemis’dan 217 dan ortiq Oliy ta’lim muassasalari hamda 1 milliondan ortiq foydalanuvchilar (talaba va o‘qituvchilar) foydalanadi.

Hemis’ning qulayliklari qanday?

1. Hemis axborot tizimi barcha sub’ektlarni, shu jumladan talabalar va ularning ota-onalarini ham axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladi.

2. Tizim boshqaruvchilar tomonidan axborotlarni tahlil qilish va ular asosida qarorlar qabul qilish samaradorligini oshiradi.

3. Siz Hemis mobil ilovasini yuklash orqali o‘z ta’lim ma’lumotlaringiz bilan muntazam ravishda tanishib turishingiz mumkin. Shuningdek, ilova orqali ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda olish hamda qaror qabul qilishda sub’ektiv omillarning ta’sirini bartaraf etish mumkin.

4. Talabaga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlar zaxiralanadi hamda ta’lim jarayonidagi axborot oqimlari maqsadli ravishda tashkil etiladi.

«Hemis – Universitet sohasida asosiy qadriyatni rektoratdan olib talabalarga ko‘chirish bilan bog‘liq tizim hisoblanadi va izlanish bilan shug‘ullanishiga imkon yaratadi».

Hamid Sodiq

Universitet va uning tashkiliy masalalari

Hemis universitetlar strukturasi, fakultetlar hamda kafedralar, xodimlar va o‘qituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti hamda ularning harakatiga oid axborotlarni boshqaradi.

Hemis’ning asosiy funksiyalaridan biri, o‘quv dasturlari, fanlarni hamda talabalarning o‘quv faoliyatini boshqarish, universitet bitiruvchilarini ro‘yxatga olish va monitoringini amalga oshirishdir.

Suratda Hemis platformasi tasvirlangan.
Foto: hemis.uz

Hemis ilovasida qanday qulayliklar mavjud?

Ilovada talaba barcha zaruriy ma’lumotlar mavjud. Ahamiyatlisi, talaba bu ma’lumotlar bilan istalgan payt tanishib chiqa oladi. Bu esa, talaba o‘z ta’lim jarayonini nazorat qilishiga katta yordam beradi. Talaba Hemis’da:

·  dars jadvali

·  fan resurslari

·  ma’lumotlar

·  nazorat jadvali

·  shartnomalar hamda topshiriqlar bilan tanishib chiqishi mumkin.

Suratda Hemis platformasi tasvirlangan.
Foto: hemis.uz

Hemis qaysi tashkilotlar bilan integratsiya qilingan?

Hemis O‘zbekistondagi qator tashkilotlar hamda davlat muassasalari bilan integratsiya qilingan. Ro‘yxatdan:

·  Aloqabank

·  Soliq qo‘mitasi

·  Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

·  Transport vazirligi

·  O‘zbekiston Markaziy banki

·  Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi kabi tashkilotlar o‘rin olgan.

Ma’lumot o‘rnida: Hemis platformasi my.gov.uz sayti bilan ham integratsiya qilingan