images

Bugun, 2024-yil 2-fevral kuni Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi tomonidan YANGI ASR UNIVERSITETIda talaba-yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida «Yangi O‘zbekistonda jadidchilik masalalari» mavzusida ilmiy-amaliy uchrashuv va mavzuga oid nodir adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Nodir adabiyotlar qatorida Jadid ma’rifatparvarlarning ulkan ilmiy merosi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirda, Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi direktor o‘rinbosari Javlon Yakubov, universitet o‘quv-ishlari bo‘yicha prorektori Dilmurod Mamatov, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Otabekxo‘ja Sobitov, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Adham Murodov va bo‘lim boshlig‘i Abdulazizbek O‘tkirov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir yuqori kayfiyatda va qiziqarli savol-javoblar bilan davom etdi.
Uchrashuv yakunida talabalar RPTRM mutaxassislari tomonidan tashkil qilingan kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.