Rahbariyat

Leader Image
Familya Ismi Sharifi Zohidov Qobiljon Toirjonovich
Lavozimi Rektor
Telefon +998 97 800 42 02
Email example@gmail.com
Qabul kunlari Dushanba-Juma 10:00-12:00

Zohidov Qobiljon Toirjonovich
Universitet rektori, tarix fanlari nomzodi, dotsent 
1989-1994 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tahsil olgan.
1994-2010 yillar mobaynida institutning turli lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, aspirant, o‘qituvchi, dotsent, institut qoshidagi litsey direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini, dekan muovini, kafedra mudiri, dekan lavozimlari.
 2010-2017 yillar mobaynida Toshkent islom universitetida doktorant, kafedra mudiri, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, universitet qoshidagi “Ziyo zukko taʼlim maskani” nodavlat taʼlim muassasasi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan
2017 yildan boshlab, GRAND TA‘LIM nodavlat taʼlim muassasida filial direktori, akademik o‘quv-uslubiy boshqarma rahbari vazifasida faoliyat olib borgan.
2022 yildan “Yangi asr universiteti” nodavlat oliy taʼlim muassasasi rektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Ilmiy faoliyati
2005 yili “24.00.02-islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari nomzodi dissertatsiyasini yoqladi.
2015 yilda ushbu ixtisoslik bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi. Uning shu kunga qadar 60 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. Xususan, 1 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanmalari va “Toshkent islom madaniyati gavhari” fotoalbomini arab tiliga tarjimasi muallifi. Uning “Islom tarixi” o‘quv qo‘llanmasi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi–2014” Respublika ko‘rik tanlovida 3-o‘rinni, u muharririlik qilgan “Islom va aqidaparast oqimlar” o‘quv qo‘llanmasi esa, 1-o‘rinni egallagan.