images

Nankin politexnika universiteti kutubxonasida

    To‘liq elektronlashtirilgan ushbu universitet kutubxona alohida juda katta binoda joylashgan bo‘lib, barcha shart sharoitlar bilan kitobxonlarning bilim olishlari uchun muhayyo qilingan. Eng avvalo a’zolik bo‘yicha elektron eshiklardan ID kartalari orqali o‘tkaziladi. ID kartalarda kitobxon to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar mujassam etilgan bo‘lib kitob uchun buyurtmalarni elektron shaklda amalga oshirilar ekan. 


       Barcha kitoblar kitobxonga berilish va qaytarilish vaqtida maxsus apparatlarda  kimyoviy tozalash - dezinfeksiyadan o‘tkazilar ekan. 

      Bizni diqqatimizni tortgan yana  ishlardan biri katta  elektron doska  bo‘ldi. Ushbu doskada butun fonddagi adabiyotlar muqovasi hamda annotatsiyalari bilan ko‘rish hamda elektron shaklini yuklab olish imkoniyati yaratilgan ekan. 

     Kutubxonada alohida tillar o‘rganish bo‘yicha elektron bazadan iborat kabinalari bo‘lib, ushbu kabinalarda kitoblarni ovozli mutolaa qilinib, so‘ngra qaysi joyda xatolik ketganini maxsus tizim orqali aniqlashtirilib, qaytadan to‘g‘rilangan xolatda audio xolatda eshitib diksiyalar, nutqdagi kamchiliklarini tuzatish imkoniyatlari yaratilgan ekan. 


      Kutubxonada kofe-brek bo‘limi ham mavjud bo‘lib bunda choy, kofe ichib madaniy-ma’rifiy dam olib kitob mutolaa qilish uchun ham sharoitlar yaratilgan.  Barcha xizmatlar elektron shaklda amalga oshirilib, xohlagan talabalar uylariga, xohlagan talabalar ko‘p o‘rinli juda qulay o‘quv zallaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. 

  Shu kabi zamonaviy kutubxona qurilishi bo‘yicha  Nankin politexnika universiteti rahbariyati bilan memorandum imzolandi. 




Oisha Radjabova, Universitet axborot resurs bo‘limi rahbari.