Rahbariyat

Familya Ismi Sharifi Mamatov Dilmurad Narmuratovich
Lavozimi Prorektor
Telefon +998 97 800 42 02
Email example@gmail.com
Qabul kunlari Dushanba 10:00-15:00

Mamatov Dilmurad Narmuratovich
Yangi asr universiteti o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori
2005-2010 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini bakalavr, magistratura va aspiranturada tahsil olgan.
2017-yil 3-oktyabrda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashgan Kengashda – Elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha “Elektron axborot taʼlim muhitida kasbiy taʼlim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish” mavzusida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2023-yil 10-yanvarda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashgan Kengashda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha “Raqamli texnologiyalar muhitida taʼlimda korporativ hamkorlik jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Dilmurod Mamatov o‘zining 20 yillik ilmiy–pedagogik faoliyati davomida 4 ta monografiya, 5 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 20 tadan ortiq metodik qoʻllanma, 70 dan ortiq ilmiy–nazariy va ilmiy–metodik maqolalar, shulardan  3 tasi Scopus maʼlumotlar bazasi roʻyxatidagi jurnallarda chop ettirgan. Ular bugun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarida foydalanilmoqda.
Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy seminar aʼzosi hamda Xalq taʼlim vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi ilmiy-metodik kengash raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
U o‘z ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 2 nafar fan doktori (PhD), 6 nafar magistr va 17 nafar bakalavrlarni tayyorlagan. 17 nafar tadqiqotchiga opponent bo‘lgan.
D.Mamatov 2013-yil 15-noyabrda Jansons institute of technology xalqaro seminarda “Technical Education: Global Trends and Challenges” mavzusi boʻyicha qilgan maʼruzasi xalqaro eʼtirof etilgan. Seul (Janubiy Koreya), Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan (Rossiya), Torgovishte (Ruminiya), Praga (Chexiya), Dubay (BAA) shaharlarida ilmiy seminar va simpoziumlarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan.
D.Mamatov 2013-yil 2-oktyabrdan- 26-noyabrgacha Hindistonda oʻtkazilgan “Development of Technical Education to meet the Global Needs” mavzusi boʻyicha malaka oshirish kursini tamomlagan.
D.Mamatov oilali, uch nafar farzandning otasi.
2021 yilda “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
2013, 2014 yillarda “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sohibi hamda “Yil talabasi” tanlovi g‘olibi.
2022 yildan Yangi asr universiteti o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori.