Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
Mazkur to‘plam “Zamonaviy ta’limda psixologik va pedagogik muammolar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari asosida shakllantirilgan. Unda psixologiya va pedagogika fanlarining nazariy, metodologik hamda umumiy psixologik masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, jamiyatda kechayotgan ma’naviy-axloqiy jarayonlar, yoshlar orasida uchrayotgan ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning kelib chiqish omillari va yechim yo‘llari, yosh avlodning xulq-atvori hamda dunyoqarashidagi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinadi.
Eslatma: PDF fayl yangi oynada ochiladi. Agar telefoningizda ochilmasa, “Yuklab olish” tugmasi orqali yuklab olib ko‘ring.
To‘plamdagi materiallar ta’lim jarayonida, ilmiy izlanishlarda hamda amaliy faoliyatda foydalanish uchun tavsiya etiladi.