Universitet tanlashda ushbu 7 xatoni qilib 60 million yo‘qotmang!
To‘g‘ri tanlov – sizning qo‘lingizda. Quyidagi xatolardan ehtiyot bo‘ling.
Agar O‘zbekistonda xususiy universitetlarni kontrakt narxlarini o‘rtacha 15 million deb olsak bu 4 yilda 60 million degani. Nomdor universitetlarda esa 35–55 million atrofida. Agar siz quyidagi xatolarni qilib kelajakda tanlagan sohangizda faoliyatingizni olib bormasangiz, kontraktni o‘zini hisoblaganda 60 million pulingiz va 4 yil umringizni bekorga ketkazgan bo‘lasiz.
Ushbu xatolarni o‘qir ekansiz to‘g‘ri xulosa chiqaring!
-
“Oila yoki tanishlar aytgani uchun”
Oila tajribasi qadrli, ularning fikrlari muhim. Lekin faqat shunday degani uchun universitet tanlash — xato bo‘lishi mumkin. Sizning maqsad va qiziqishlaringiz ustuvor bo‘lsin.
-
“Do‘stim yoki sevgilim bilan birga o‘qiyman”
Tanish bilan o‘qish qulay tuyuladi, ammo maqsadlar boshqa bo‘lishi mumkin. Universitet — o‘zingizni kashf etish davri; tanlovni faqat “tanish bor” mezoni bilan cheklamang.
-
“Faqat modaga mos yo‘nalish tanlayman”
Trend soha sizga mos kelmasa, o‘qish qiyinlashadi va qoniqish bermaydi. Qiziqish, qobiliyat va rejaga mos yo‘nalishni tanlang.
-
“Reytingda yuqori bo‘lsa, demak eng yaxshi”
Reyting muhim, lekin shaxsiy muvofiqlik va ta’lim muhiti ko‘proq ahamiyatli.
-
“Faqat bitta yo‘nalishga qarab tanlash”
Universitet hayoti ko‘p qirrali. Turli imkoniyatlarni o‘rganing, tajribalarni sinab ko‘ring.
-
“Shoshma-shosharlik bilan qaror qilish”
Variantlarni puxta o‘rganib, afzallik va kamchiliklarini tahlil qiling. Yaxshi qaror izlanish talab qiladi.
-
“Faqat bitta yaxshi universitet bor”
Bir nechta mos oliygoh bo‘lishi tabiiy. Bitta joyga bog‘lanib qolmang — kengroq qarang.
Nega Yangi Asr Universiteti?
📌 Yangi Asr Universiteti talabalarga nafaqat ta’lim, balki amaliy tajriba va kasbiy yo‘nalishda keng imkoniyatlar yaratadi. To‘g‘ri tanlov – sizning qo‘lingizda!
© Yangi Asr Universiteti